Skip to main content

Logical operations (Mantiqiy amallar)

Murakkab shartli ifodalarni yozish, odatda mantiqiy amallar yordamida amalga oshiriladi.

Mantiqiy operatorlar​

Pythonda quyidagi mantiqiy operatorlar mavjud:

and (mantiqiy ko'paytirish).​

Murakkab ifodadagi biror bir qism ifodani qiymati False bo'lsa, ifodaning yakuniy qiymati False , aks holda True qiymat qaytaradi. Masalan:

yoshi = 21
vazni = 72
natija = yoshi > 17 and vazni == 72
print(natija) # True

Yuqoridagi dasturda murakkab mantiqiy amal ikki qismdan yoshi > 17 va vazni > 56 qismlardan tashkil topgan bo'lib, ular and mantiqiy operatori bilan birlashtirilgan. Agarda ikkala mantiqiy amal True qiymat qaytarsa ifodaning qiymati True bo'ladi, aks holda False qiymat qaytaradi. Mantiqiy ifodalarda faqatgina taqqoslash amallaridan foydalanish shart emas. Ixtiyoriy mantiqiy amal yoki boolean turidagi qiymatlar (True, False) ham ishlatilishi mumkin. Masalan:

yoshi = 21
vazni = 72
t = True
natija = yoshi > 17 and vazni > 56 and t
print(natija) # True

or (mantiqiy qo'shish).​

Agarda ifodadagi biror bir qism ifoda True qiymat qaytarsa, yakuniy natija ham True, aks holda False bo'ladi.

yoshi = 21
t = False
natija = yoshi > 17 or t
print(natija) # True

not (mantiqiy inkor).​

Ifodaning qiymatini True bo‟lsa, natija False va aksincha.

yoshi = 21
t = False
print(not yoshi > 17) # False
print(not t) # True

and operatorining biror bir operandi False qiymatga ega bo'lsa, u holda boshqa operand qiymati tekshirib (hisoblanib) o'tirilmaydi, har doim natija False bo'ladi. Bunday xususiyat ish unumdorligini bir oz bo'lsada oshirish imkonini beradi. Xuddi shunaqa xususiyat or operatori uchun ham o'rinli. Ya'ni or operatorining biror bir operandi qiymati True qiymatga ega bo'lsa, boshqa operandlar tekshirilmaydi, natija sifatida har doim True qiymati qaytariladi. Agar bitta ifodada bir nechta mantiqiy operatorlar qatnashgan bo'lsa, u holda ularning ustunligiga (prioritetiga) alohida e'tibor qatarish kerak. Dastlab not operatori keyin and va eng so'ngra or operatori bajariladi. Masalan:

yoshi = 22
xolati = False
vazni = 58
natija = vazni == 58 or xolati and not yoshi > 21 # True
print(natija)

Ushbu dasturda keltirilgan ifodadagi mantiqiy amallar kuyidagi ketmaketlikda bajariladi:

  1. not yoshi > 21 mantiqiy ifoda False qiymat qaytaradi;
  2. xolati and False (not yoshi > 21) esa False qiymat qaytaradi;
  3. vazni == 58 or True (xolati and not yoshi > 21) esa True qiymat
Eslab qoling

Shuni alohida ta'kidlash kerarki, mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallarning bajarilish ketma-ketligini qavslar (, ) yordamida o'zgartirish mumkin.